{"id":1078,"date":"2020-12-26T15:54:53","date_gmt":"2020-12-26T12:54:53","guid":{"rendered":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/?p=1078"},"modified":"2020-12-26T15:54:53","modified_gmt":"2020-12-26T12:54:53","slug":"umr-otkinchi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/archives\/1078","title":{"rendered":"Umr o\u2019tkinchi\u2026"},"content":{"rendered":"<p>Umr bamisli poyga yo\u2019lakchasiga o\u2019xshaydi. Biz betinim orzularimiz ro\u2019yobi turgan marra tomon intilamiz. Lekin, har doim ham bu o\u2019zi chin insoniylik yo\u2019limi? Haq yo\u2019lmi? Bu haqida yo\u2019lga chiqishdan avval emas, malum masofani bosib o\u2019tgandan so\u2019ng o\u2019ylaymiz. Borar manzilning daxshatini, zulmatini ko\u2019rib yurak orqaga tortmoqda. Hamma gap shundaki, orqaga yo\u2019l yo\u2019q. Fursat qo\u2019ldan ketgan, ketganki, afsus. Aytishlaricha, imkon barchaga teng berilar ekan. Ajablanyapsizmi? Hayron qolishga hojat yo\u2019q. chunki, hayotning o\u2019zi imkoniyatdan iborat ekan-da.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"wp-image-1080 alignleft\" src=\"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/5e15c27ff0f13.jpg\" alt=\"\" width=\"244\" height=\"399\" srcset=\"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/5e15c27ff0f13.jpg 612w, http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/5e15c27ff0f13-184x300.jpg 184w\" sizes=\"(max-width: 244px) 100vw, 244px\" \/><\/p>\n<p>Bu fikrlarni bir asar tahlili misolida yoritsak. ,,Quyosh barchaga birday nur sochadi, biroq uning nurlaridan hamma ham bir xilda bahramand bo\u2019lavermaydi\u201d, bu so\u2019zlar ko\u2019plab kitobxonlar mehrini qozongan adib Tohir Malikning ,,Alvido Bolalik \u201c qissasidan olingan bo\u2019lib, asarning mazmun-mohiyatini ochuvchi kalit vazifasini o\u2019tasa ajab emas. Yozuvchi bu qissasi bilan jinoyatning zim-ziyo ko\u2019chasidagi sarson taqdirlarning besamar kechayotgan umr yo\u2019lini yoritish orqali o\u2019quvchini o\u2019tayotgan vaqt, o\u2019z umri haqida atroflicha mulohaza yuritishga chorlaydi. Muallif qissani to\u2019g\u2019ridan \u2013to\u2019g\u2019ri o\u2019quvchiga so\u2019zlamaydi. Balki, axloq tuzatish kolloniyasida jazo muddatini o\u2019tayotgan mahbus yigit Ahborga aytib berishi ila sizni voqealar tizimiga olib kiradi. Shu obraz bilan kechayotgan jarayonga munosabatini, hattoki, kitobxonda tug\u2019iladigan va kelajakdagi mavjud savollarga ham javob berib ketadi. Bu aynan Ahbor tilidan aytilgan, ,,asaringizda nega yaxshi insonlar uchramaydi\u201d- degan jumlasiga men kelgusida tanqidchilardan kutgan savolni berding, deya izoh berishi yuqoridagi gaplarning tasdig\u2019idir. O\u2019quvchining yana e\u2019tiborini tortadigan jihatlardan biri shuki, asarda muallif bayonchilikdan ko\u2019ra tasviriy ifodani ma\u2019qul ko\u2019radi. Bu har jihatdan to\u2019g\u2019ri va shu bilan birga har bir persanajning asosan bosh qahramon Qamariddinning xarakter liniyasini ochuvchi asosiy ifoda vositasi bo\u2019lolgan. Aynan mana shu jihat qissada eng ko\u2019p o\u2019y-xayollar iskanjasida tasvirlangan Asrorning fikr-mulohazalari bilan to\u2019ldirilib boriladi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"size-full wp-image-1081 alignright\" src=\"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/tt.jpg\" alt=\"\" width=\"155\" height=\"212\" \/><\/p>\n<p>Birgina Adabiyot muallimi Samad akaning darsga kirib, insho yozish uchun bolalarga topshiriq berishi bu esa Asrorning barcha sinfdoshlarining taqdirini tahlil qilishi natijasida butun jamiyatdagi muhit nosog\u2019lomligi, bunday hayotda yashab insonga xos nom qoldirmoq naqadar qiyin ekanligi yoritiladi. Sinfda jimgina o\u2019tirgan yigit sinfdoshlarini bir-bir xayolidan o\u2019tkazadi. Turobjonning akasi Afg\u2019onistonda halok bo\u2019lgan, buni ko\u2019tara olmagan oyisi esdan og\u2019gan. Manzuraning otasi ketib qolgan. Atoulla boyning bolasi ammo, bor davlatini xaspo\u2019shlab yashirib yashashga majbur. Ergashning otasi aravakash, Ergash esa dars tugar-tugamas somon bozoriga qarab yuguradi. Dilfuza nega erta-yu kech ko\u2019chabezori bolalar orasida yuradi? Bunga Asror sabab demoqchimisiz? Faqat bu tarozining bir pallasidagi haqiqat. Balki, shu haqiqat ham noilojlikdandir. Chunki, bolalar uyida voyaga yetib, balog\u2019at ostonasidagi bu qizaloq kimsasiz orolda yashaydi. Axir, uning yon-atrofida dardini eshitadigan, uni tushunadigan, uni ham boshqalar kabi teng huquqli shaxs hisoblaydigan birgina shu Asror bor, xolos. Boshqa tengdoshlari tugul, hatto oliy ma\u2019lumotli ustozlari ham nuqul mag\u2019zavani uning ustiga ag\u2019darib tursa, u ,,osiy\u201d g\u2019arib joniga boshqa yana qayerdan panoh topsin? Endi, Asrorning o\u2019ziga kelsak, chunki, kitobxon ko\u2019p hollarda uning fikri bilan o\u2019ylashga, uning mulohazasi bilan hukm chiqarishga majbur.<\/p>\n<p>Negaki, biz yuqoridagi barcha keltirgan misollarimiz uning aql chig\u2019irig\u2019idan o\u2019tib, bizning tafakkur-shuurimiz sarhadlariga bo\u2019ylaydi. Baxtli odam hammani o\u2019ziday baxtli hisoblaydi. Baxtsiz odam esa juda ko\u2019p hollarda bunga albatta, kimnidir aybdor qilib ko\u2019rsatadi. Balki, Asror ayni o\u2019zining holatidan kelib chiqib ko\u2019pchilikni baholayotgandir. Balki, yuqoridagi tengdoshlari u o\u2019ylaganchalik og\u2019ir ahvolda emasdir. Biroq, uni shu kayfiyatiga eng asosiy sabab ham shubhasiz, atrofidagi muhitning o\u2019zi. Muallif aynan shu jihatni qissaning bosh mavzularidan biriga aylantiradi. Ijtimoiy, bir qarashda arzimasdek tuyilgan narsa bosh qahramonning jinoyat ko\u2019chasiga kirishini, butun jamiyatga bo\u2019lgan nafratini voqealar rivojida hamda qilgan ishlarining xayoliy tahlili bilan o\u2019quvchiga ochib beradi. Kitobxonni tobora voqealar o\u2019z girdobiga tortar ekan, qahramonlarning xarakterlarini anglashga urinadi. Qamariddinning syujetida bir-birini inkor etuvchi konfliktni ko\u2019rishimiz mumkin. Dilfuzaga to\u2019dadagilardan kimdir ko\u2019zolaytirganini bilib qolib, uni jazolashi, yosh bolalarning pulini olib zo\u2019ravonlik qilishganini ko\u2019rib qolsa bevarq bo\u2019lmasligi uning hujudidagi insoniy mehrning ifodasi bo\u2019lsa, o\u2019zi yo\u2019q payti kimdir bolalarga nohaqlik qilganini eshitib indamasligi, bazida tushunib bo\u2019lmas fe\u2019lidagi ayrim jihatlar esa qahrning bir ko\u2019rinishidir. Sanjar Keldiyorov, marhum Mirqosim Mirtillayev, Qamariddin, Asror, Salim va boshqalarning turli irmoqdan kelayotgan syujetlarini bir o\u2019zanga solib yuborish hamda uni aynan bir oqim bo\u2019ylab harakatlanishini taminlash asarni qiziqarli qilibgina qolmay, adibning badiiy saviyasini, hayotiy tajribasini ham belgilaydi. Asar yakunlanib borar ekan, bosh qahramon o\u2019z onasini o\u2019ldirishga qaror qilishida yetimlikning jabr zulmi, alamidan tashqari zino ichida yashayotgan bu ayolning qilmishlaridan kelajakda barbod bo\u2019lishi kutilayotgan oilalarni, yangidan-yangi tug\u2019iladigan Qamariddinlarni qutqarmoqchidir, ehtimol. To\u2019g\u2019ri, xalqda men mayni qadahga quydim, og\u2019zingga emas, degan hikmatli so\u2019z bor. Lekin, idishning ichidagi jilovlanib turgan suyuqlikning foydadan ko\u2019ra zarar ekanligini ko\u2019pchilik bilsada uni uzatib turgan qo\u2019llarni rad eta olmasligi ham ayon haqiqat. Buni Qamariddinning o\u2019zi ham biladi va Asror bilan bir suhbatda afsus, nadomat ila gapiradi. ,, Ular meni yengishdi, bukib qo\u2019yishdi, ammo seni yengishlariga yo\u2019l qo\u2019yma\u201d, deydi. U faqat bir narsani bilmas edi. Matematikaning har qanday murakkabligini yecholgan bu yosh ,,akademik\u201d taqdir chigalliklari oldida ojiz qolgan va allaqachon yengilgan edi. Yengilib yengil yo\u2019lga kirganlarning qismati qanday yakun topishi asar qahramonlari siymosida o\u2019z aksini topadi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"size-full wp-image-1082 aligncenter\" src=\"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/hqdefault.jpg\" alt=\"\" width=\"432\" height=\"287\" srcset=\"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/hqdefault.jpg 432w, http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/hqdefault-300x199.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 432px) 100vw, 432px\" \/><\/p>\n<p>,,Birni ko\u2019rib fikr qil\u201d, deydi, xalqimiz. Jumladan, asardagi qahramonlarning fojiasi, ularning kechmishlari sabab ko\u2019z oldingizda jonli hayot ekrani gavdalanadi. Bu bilan o\u2019z yo\u2019lini topishga harakat qilayotgan balog\u2019at yoshidagi har bir o\u2019g\u2019il qizga yozuvchi o\u2019z so\u2019zini aytadi. Yashashning mazmun-mohiyatini tushuntirishga urinadi. Darhaqiqat, hamma gap qancha yashashda emas, qanday yashashda. Chunki, ertami- kechmi odam borki bu hayotni tark etadi. Insonning umriboqiyligi esa undan qoladigan nom, qilgan ezgu va xayrli amallaridir. Mana shunday yaxshi niyat bilan na\u2019muna qilib yozilgan ko\u2019plab asarlari qatori ,, Alvido bolalik\u201d qissasi ham hurmatli adibimiz T. Malikning nomini mangulikka muhrlasa ajab emas.<\/p>\n<p>Zero, Bu umr o\u2019tkinchi, hayot betakror,<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Shuxratbek Islomov.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umr bamisli poyga yo\u2019lakchasiga o\u2019xshaydi. Biz betinim orzularimiz ro\u2019yobi turgan marra tomon intilamiz. Lekin, har doim ham bu o\u2019zi chin insoniylik yo\u2019limi? Haq yo\u2019lmi? Bu haqida yo\u2019lga chiqishdan avval emas, malum masofani bosib o\u2019tgandan so\u2019ng o\u2019ylaymiz. Borar manzilning daxshatini, zulmatini ko\u2019rib yurak orqaga tortmoqda. Hamma gap shundaki, orqaga yo\u2019l yo\u2019q. Fursat qo\u2019ldan ketgan, ketganki, afsus. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1079,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"views":5137,"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1078"}],"collection":[{"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1078"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1078\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1083,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1078\/revisions\/1083"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1079"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1078"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1078"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1078"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}