{"id":3929,"date":"2023-09-14T18:39:41","date_gmt":"2023-09-14T15:39:41","guid":{"rendered":"https:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/?p=3929"},"modified":"2023-09-14T18:40:16","modified_gmt":"2023-09-14T15:40:16","slug":"ichki-mehnat-migratsiyasi-toshkentda-faoliyat-yuritayotgan-mehnat-migrantlari","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/archives\/3929","title":{"rendered":"Daryo.uz: Ichki mehnat migratsiyasi. Toshkentda faoliyat yuritayotgan mehnat migrantlari"},"content":{"rendered":"<div class=\"inner__article\">\n<div class=\"inner__article-info border\">\n<p><strong><span style=\"font-size: 16px;\">Bugungi kunda rasmiy manbalar hisob-kitobiga ko\u2018ra, 2 milliondan ortiq, norasmiy turli manbalarga ko\u2018ra 5 milliondan ortiq o\u2018zbekistonlik xorijda mehnat qiladi. Ularning aksariyati vaqtinchalik ishlashga ketgan mehnat migrantlari bo\u2018lib, mavsumga qarab yoki shartnomaga qarab O\u2018zbekistonga qaytib keladi. Bu borada avvalgi maqolalarda ham bir necha bor to\u2018xtalgan edik. Bugun e\u2019tiborimizni boshqa jihatga, ichki migratsiyaga, aniqroq aytadigan bo\u2018lsa ichki mehnat migratsiyasiga qaratmoqchimiz. Bunda Toshkent shahriga viloyatlardan kelib turli sohalarda mehnat qilayotganlar asosiy diqqat markazida bo\u2018ladi.<\/span><\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida ichki migratsiya oqimlarini hisobga olish tizimi sovet tizimidan meros bo\u2018lib qolgan va 2020-yilgacha hech qanday jiddiy o\u2018zgarishlarga duch kelmadi. Chunki u o\u2018shangacha faqat propiska instituti bilan bevosita bog\u2018liq bo\u2018lgan. Aholining ichki migratsiyasini joriy hisobga olish Ichki ishlar vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan aholini hisobga olish va chiqarish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholini ro\u2018yxatdan o\u2018tkazishda \u201cKirish manzili varaqasi\u201d, bo\u2018shatilganda \u2013 \u201cKetish manzili varaqasi\u201d va bir vaqtning o\u2018zida \u201cKelish varaqasi uchun statistik buxgalteriya kuponi\u201d, \u201cKirish varaqasi uchun statistik buxgalteriya kuponi\u201d tuzilgan. Manzilli varaqalar ichki ishlar organlari tomonidan manzil-ma\u2019lumotnoma ishlari uchun foydalanilib, kelish va jo\u2018nab ketish varaqalari statistik talonlar esa aholi migratsiyasini statistik hisobga olish uchun davlat statistika organlariga topshirilgan. Ushbu talonlarda migrantning yoshi, jinsi, millati, ma&#8217;lumoti, oilaviy ahvoli, oxirgi ish joyi, doimiy ro\u2018yxatga olingan joyi va oxirgi yashash joyi, kelish maqsadi, 16 yoshgacha bo\u2018lgan bolalar soni to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar mavjud. Statistik kuponlardagi ma&#8217;lumotlarni tahlil qilish hududiy va bir qator ijtimoiy-professional va demografik xususiyatlar bo\u2018yicha guruhlangan kelganlar va ketishlar to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlarni olish imkonini beradi. Ammo bugun ushbu tizimga doir ma\u2019lumotlar sayoz ko\u2018rinishda va doimiy ommaga oshkor etilmaydi.<\/p>\n<\/div>\n<\/div>\n<div class=\"default__section border\">\n<p>Respublikada asosiy ichki migratsiya amalga oshiriladigan nuqta bu poytaxt Toshkent sanaladi. Ichki migratsiyani o\u2018zi o\u2018z navbatida shartli ravishda ikkiga bo\u2018linishi mumkin.<\/p>\n<div id=\"adfox_165121960321637882\"><strong>Mayatnikli migratsiya<\/strong>\u00a0\u2013 Bu odamlarning ish yoki o\u2018qish uchun bir aholi punktidan ikkinchisiga, asosan, shahar chetidan shaharga muntazam, odatda har kuni harakatlanishi. Ushbu turdagi migratsiyaning rivojlanishiga turtki bo\u2018lgan asosiy omillar texnologik taraqqiyot va urbanizatsiya edi.<\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sanoatdan oldingi davrda hatto eng yirik shaharlar ham ancha ixcham edi: Qadimgi Rimda 1 millionga yaqin odam yashagan, shaharning diametri esa 3 km dan deyarli oshmagan. Bloomberg jurnalistlarining so\u2018zlariga ko\u2018ra, shaharlarning kenglik bo\u2018yicha o\u2018sishining aniq cheklovi transportning yetishmasligi edi: odamlar, masalan, ishga borish uchun piyoda yoki yuklangan hayvonlarda uzoq masofalarni tezda bosib o\u2018ta olmadilar. Shu sababli, shaharlar tobora zichlashib bordi, bu esa antisanitariya sharoitlariga va natijada kasalliklar va ommaviy epidemiyalarga olib keldi, ba&#8217;zan barcha aholini qirib tashladi. Faqatgina parovozlar, keyin esa avtomobillar ixtiro qilinishi bilan shahar kengayib, unda ko\u2018proq odamlarning ishlashiga imkon yaratdi. Hozirgacha o\u2018z ahamiyatini yo\u2018qotmagan manzara kuzatila boshlandi: transport qanchalik faol rivojlansa, tobora ko\u2018proq foydalanish mumkin bo\u2018lsa, odamlar o\u2018qish yoki ishlash uchun qo\u2018shni aholi punktiga muntazam ravishda kelishga tayyor. Bugun Toshkentda aynan shu yo\u2018nalishda xizmat o\u2018tayotgan tayanch nuqtalar mavjud. Masalan, Bo\u2018stonliq tumani, Chirchiq shahri va Qibray tumanidan qatnovchilar uchun Mirzo Ulug\u2018bek tumani Buyuk ipak yo\u2018li metro bekati atrofi, Parkent, Yuqori va O\u2018rta Chirchiq tumanlari uchun Mirzo Ulug\u2018bek tumani Muhammad Yusuf berk ko\u2018chasi, Bekobod, Pskent, Bo\u2018ka, O\u2018rta Chirchiq, Quyi Chirchiq va Oqqo\u2018rg\u2018on tumanlari uchun Qo\u2018yliq massivi atrofi, Toshkent va Zangiota tumanlari uchun asosan Abu Saxiy bozori atrofi va Uch Qahramon tayanch punkti atroflari asosiy qatnov nuqtalari sanaladi. Bu borada aniq tadqiqotlar va statistik ma\u2019lumotlar mavjud emasligini inobatga olgan holda, o\u2018quvchilarda taxminiy raqamlar hosil bo\u2018lishi uchun Yuqori Chirchiq tumaniga qatnovchi mikroavtobus haydovchilaridan qatnov haqida ma\u2019lumot so\u2018ralganida kunlik qatnov soni 10-20 marta borib kelish ekanligi, ulov sig\u2018imi haydovchidan tashqari 14 tani tashkil etishi aniqlandi. Taksoparkdagi mashinalar soni 50 tacha (yengil avtomobillar soni bilan qo\u2018shib hisoblaganda) o\u2018rtacha 8-10 kishi qatnashini hisobga olsak, bu yo\u2018nalishda Toshkentga qatnab ishlovchilar soni taxminan 1000-5000 ming oralig\u2018ida ekanligiga guvoh bo\u2018lamiz. Boshqa yo\u2018nalishlar bilan qo\u2018shib hisoblaganda bu raqamlar ulkan ko\u2018rinishga keladi. Ular orasida doimiy ishga ega odamlar ham, norasmiy mavsumiy ishlarga keluvchilari ham mavjud. Yollanma mehnat salmog\u2018i asosiy daromad turlaridan sanalib, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida aholi umumiy daromadlarining katta qismi yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo\u2018lishdan olingan daromadlarni o\u2018z ichiga olgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlardan (jami aholi umumiy daromadlarining 65,0 foizi) shakllandi).<\/p>\n<p><strong>Ikkinchi yo\u2018nalish<\/strong>\u00a0\u2013 o\u2018zga viloyatlar hududiga bo\u2018lgan migratsiya. Bu turdagi migratsiyaning asosiy sababi doimiy ish bilan ta\u2019minlanish darajasining pastligi, ishchi kuchi arzonligi bilan bog\u2018liq. Moliyaviy tomondan Toshkent doimo Respublika miqyosida o\u2018ziga jalb etadigan darajada salohiyatga ega bo\u2018lgan. Poytaxtga kelib ishlovchi aholining sonini vaqtinchalik ish bilan ta\u2019minlash markazlari orqali yollanib ishlayotganlar soni va uning viloyatlar kesimidagi taqsimoti orqali shakllantirish mumkin. Ammo tegishli vazirliklar tomonidan shakllantirilgan ochiq ma\u2019lumotlar orasida bu turdagi qaydlarni uchratmadik. Bu masalaga taxminiy javobni statistika agentligi tomonidan taqdim etilgan \u201caholi daromadlari\u201dga bag\u2018ishlangan tahliliy ma\u2019lumotlarga yuzlandik. Transferlardan olingan daromadlarning ulushi Xorazm va Samarqand viloyatlari, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida, Surxondaryo, Andijon, Farg\u2018ona va Namangan viloyatlarida aholi umumiy daromadlariga nisbatan 30 foizdan yuqori ko\u2018rsatkichni tashkil etgan bo\u2018lsa, Navoiy viloyatida mazkur daromad turining ulushi eng past ya\u2019ni, 12,4 foizni tashkil etgan. Agar shu ma\u2019lumotni qisman asos qilish mumkin bo\u2018lsa, shu hudud fuqarolari ichki migrant sifatida Toshkentda faoliyat yuritish foizi qolgan hududlarga nisbatan ehtimoli yuqori sanaladi. Yuqoridagi Xorazm va Qoraqalpog\u2018iston Respublikasidan Toshkentga kelib ishlash oldindan qulay sanalgan. Ushbu hududlardagi ekologik vaziyat murakkabligini hisobga olgan holda ularga bu masalada yengilliklar taqdim etilgan.<\/p>\n<p>Bu turdagi migratsiya boshqa ma\u2019muriy birliklarda ham ko\u2018lami so\u2018nggi yillarda kengayib bormoqda buning asosiy sababi sifatida poytaxtning alohida statusdan \u201cmahrum\u201d etilganligidadir. Shu bilan birga, asosiy ichki migratsiya yo\u2018nalishi sanalgan qurilish sohasining YAIM dagi ulushi 2017-yildagi 5,6 foizdan, 6,8 foizgacha o\u2018sgan. \u00a0Shuningdek ichki migratsiya uchun yuqoridagi ekologik va moliyaviy qiyinchiliklar bilan bir qatorda, rivojlangan infrastrukturada yashash istagi, diniy e\u2019tiqod va siyosatga bog\u2018liq migratsiyani ham misol sifatida keltirish mumkin. Misol uchun, chekka hududlarda masjidlar soni ozligi diniy ta\u2019lim olish imkoniyati faqatgina Toshkent, Buxoro va ba\u2019zi viloyat markazlaridagi madrasalarda mavjud, bunda asosiy motiv iqtisodiy ehtiyoj sanalmaydi. Bu turdagi ko\u2018plab migrantlar o\u2018ziga to\u2018q kishilar sanalishadi. Siyosiy jarayonlar orqali ichki migratsiyani amalga oshirilishiga misol sifatida 2005 va 2010-yillarda Farg\u2018ona vodiysidagi ko\u2018ngilsiz voqealarni misol sifatida olishimiz mumkin. Aksar respondentlar tomonidan ham poytaxtda adolat borligi, yashash, e\u2019tiqod erkinligi (oxirgi yillarda ekologik vaziyat salbiy ko\u2018rinishga ega) qolgan hududlarga nisbatan erkin ekanligini ta\u2019kidlashdi.<\/p>\n<p><strong>\u201cVaqtinchalik bir martalik ish bilan ta\u2019minlash markazlari\u201d bu boradagi hukumat siyosatining ko\u2018zgusi.<\/strong>\u00a0O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2001 yildagi 223-son Qarori asosida \u201cVaqtinchalik bir martalik ish bilan ta\u2019minlash byurolari\u201d tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalari sifatida:<\/p>\n<ul>\n<li>vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanishda fuqarolarga ko\u2018maklashish;<\/li>\n<li>vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va bo\u2018sh ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, o\u2018z ishini tashkil etish va yuritish masalalari bo\u2018yicha maslahat va kasbga yo\u2018llash xizmatlari ko\u2018rsatish;<\/li>\n<li>vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yo\u2018llashda ish beruvchi xususiy shaxslarga ko\u2018maklashish;<\/li>\n<li>vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotlar bankini shakllantirish;<\/li>\n<li>vaqtinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishda jamoat tartibiga rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari to\u2018g\u2018risida xabardor qilish;<\/li>\n<li>manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida bo\u2018sh ish o\u2018rinlari yarmarkalarini muntazam ravishda o\u2018tkazish;<\/li>\n<li>vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;<\/li>\n<li>jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Toshkent shahrida bugungi kunda 8 ta bu turdagi markazlar faoliyat ko\u2018rsatmoqda. Ularning ijobiy tomoni sifatida Mirzo Ulug\u2018bek ko\u2018chasida joylashgan markazga murojaat etib kelgan fuqarolardan fikr so\u2018ralganda, ular tomonidan ko\u2018p hollarda kelishilgan pullarni olishda beriladigan amaliy yordam va ba\u2019zi aniq kasb-korga ega bo\u2018lmagan fuqarolarni Kambag\u2018allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi Monomarkazlarga malaka oshirish va kasb sirlarini o\u2018rganishga yo\u2018naltirishida deb aytishdi. Bu markazlarga murojaat etuvchi fuqarolarning ko\u2018pchiligi oliy ma\u2019lumotga ega emas. Ulardan o\u2018zlari yashayotgan hududlarda ishlashdan nimasi afzal Toshkentni, deb savol berilganda viloyat markazida mardikorlik ishlari kunlik 50-100 ming so\u2018m atrofida to\u2018g\u2018ri kelishi, Toshkentda esa bu ko\u2018rsatkich 150-300 ming atrofida ekanligini aytishdi. Lekin markaz faoliyatidagi asosiy muammo uning bu turdagi ishchilarning to\u2018liq qamrab olmaganligi, ularning doimiy huquqlari buzilishi, shuningdek, davlat tomonidan o\u2018rnatilgan qoidalarni doimiy buzishlariga zamin yaratmoqda. Markaz tashkil etilish sababi ham aynan sohaga oid huquqbuzarliklarni kamaytirish va aholi bandligini ta\u2019minlash sanalgan. Shunga qaramay, Toshkentdagi \u201cmardikor bozorlari\u201dda ichki ishlar organlari tomonidan vaqti-vaqti bilan reydlar uyushtirib turiladi. Bunda aksariyat mardikorlar vaqtinchalik ish bilan ta\u2019minlash markazlaridan hujjat olmagani uchun jarimaga tortish bilan tugaydi. Bu esa tizimda hamon muammolar borligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p><strong>Toshkent ichki \u201cmiyalar\u201d oqimi yo\u2018nalgan nuqta.\u00a0<\/strong>Poytaxtda moliyaviy tomondan daromad miqdori o\u2018zga hududlarga nisbatan karrasiga ko\u2018p ekanligi uning oilaviy ahvoli chetga chiqishga imkon bermaydigan ziyolilarni o\u2018ziga doim chorlagan. Shuningdek kasbiy rivojlanish, mansab pillapoyasidan tez ko\u2018tarilish imkoni 2020 -yilda propiska tizimi soddalashtirilgandan so\u2018ng yanada real voqelikka aylandi. Barcha vazirliklar markaziy apparati Toshkentda joylashgan shu bilan birga yirik biznes subyektlari shtab kvartirasi ham aynan shu shaharda sanaladi. Shu sababdan OTM ni bitirishi bilan talabalar imkon darajasida Toshkentda qolish payiga tushishadi. Bu tizim ayniqsa xususiy OTMlar ochilguniga qadar yaxshi ishlagan.<\/p>\n<p>Aksar muhim yo\u2018nalishlar faqatgina Toshkentdagi oliygohlarda mavjudligi (masalan yuridik soha, moliya, bank ishi v.b.) talabalarni Toshkentga intilishlarini ta\u2019minlab bergan, ular uchun Toshkent erishilishi mumkin bo\u2018lgan eng yirik cho\u2018qqi sifatida gavdalangan. Ziyoli qatlamning Toshkent tomon intilishiga yana bir sabab, o\u2018z yashash hududida u egallagan kasb bo\u2018yicha ish o\u2018rni mavjud emasligida. Misol tariqasida Toshkent shahrida joylashgan maktablardagi viloyatlardan kelib ishlayotgan o\u2018qituvchilardan bu borada fikr olinganda ular quyidagicha javob berishdi: \u201cAsli Navoiylikman institutni tugatib dastlab uyim yaqinidagi maktablarga ish so\u2018rab bordim, ular dars soatlari mavjud emasligi aytishdi, keyin shahar bandlik markaziga borishimni ular yo\u2018llanmasi orqali biron maktabda ish boshlashim mumkinligini aytishdi shahardagi 4-maktabda soham bo\u2018yicha atigi 4 soat dars bor ekan bu hattoki u yerga borish xarajatimni qoplamas edi. Shu sababli, shu yerga kelib ishlashga majburman. Uylanganim bois xotinim bilan topayotgan pulimiz arang yetyapti lekin orttira olmayapmiz\u201d.<\/p>\n<p>Ushbu havola orqali suhbatdoshimizning fikrlarini tinglashingiz mumkin. U shaxsini sir qolishini qattiq iltimos qilgani bois uning kimligini oshkor etmaslikka qaror qildik.<\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\" id=\"telegram-post--toshonlayn-1016\" src=\"https:\/\/t.me\/\/toshonlayn\/1016?embed=1&amp;userpic=false\" width=\"100%\" height=\"\" frameborder=\"0\" scrolling=\"no\" data-mce-fragment=\"1\"><\/iframe><\/p>\n<p>\u201cMen ham dastlab bu yerga kelishga ikkilandim ammo ba\u2019zi do\u2018stlarim bu yerda oyliklar miqdori ko\u2018p bo\u2018lmasa-da dars soatlari 1 stavka va undan ko\u2018p borligini aytishgani bois keldim, lekin oylik maoshlar juda oz, o\u2018zga davlatlarda poytaxt aholisi uchun oyliklar miqdori oshirilib beriladi, lekin bizda doimgidek, o\u2018qituvchi va shifokorlar bu baxtni faqat orzu qilib yashamoqdamiz\u201d.<\/p>\n<p>Yana bir suhbatdoshimiz esa hamkasbimiz Ulug\u2018bek Oripov. U Toshkentda jurnalistika sohasida faoliyat yuritadi. Biz uning poytaxtdagi faoliyati bilan qiziqdik.<\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\" id=\"telegram-post--toshonlayn-1017\" src=\"https:\/\/t.me\/\/toshonlayn\/1017?embed=1&amp;userpic=false\" width=\"100%\" height=\"\" frameborder=\"0\" scrolling=\"no\" data-mce-fragment=\"1\"><\/iframe><\/p>\n<p>Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, Toshkent ichki migratsiya uchun asosiy yo\u2018nalish bo\u2018lib, unda nafaqat vaqtinchalik ishlashga kelganlar, balki umrbod ko\u2018chib kelib mehnat qilayotganlar ham bor. Bugungi mehnat bozorining talablaridan kelib chiqsak, vaqtinchalik ishchilar asosan qurilishlarda mehnat qilmoqda. Undan tashqari turli kunlik vazifalar, odamlar uylaridagi ishlar, tozalash kabi sohalarda ham mehnat qilmoqda. Ayollar mardikor bozorlaridan esa uy tozalash, dala ishlari uchun ishchilar jalb qilinmoqda. Ammo norasmiy faoliyat ko\u2018rsatayotgan mehnat migrantlarining huquqlari va himoyasi borasida hamon muammolar mavjud va buni hal qilish uchun zarur choralarni ko\u2018rish lozim.<\/p>\n<p><strong>\u041c\u0430\u043d\u0431\u0430:<\/strong> <a href=\"https:\/\/daryo.uz\/2023\/09\/06\/ichki-mehnat-migratsiyasi-toshkentda-faoliyat-yuritayotgan-mehnat-migrantlari\">daryo.uz<\/a><\/p>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda rasmiy manbalar hisob-kitobiga ko\u2018ra, 2 milliondan ortiq, norasmiy turli manbalarga ko\u2018ra 5 milliondan ortiq o\u2018zbekistonlik xorijda mehnat qiladi. Ularning aksariyati vaqtinchalik ishlashga ketgan mehnat migrantlari bo\u2018lib, mavsumga qarab yoki shartnomaga qarab O\u2018zbekistonga qaytib keladi. Bu borada avvalgi maqolalarda ham bir necha bor to\u2018xtalgan edik. Bugun e\u2019tiborimizni boshqa jihatga, ichki migratsiyaga, aniqroq aytadigan bo\u2018lsa [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3931,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[17],"tags":[],"views":1202,"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3929"}],"collection":[{"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3929"}],"version-history":[{"count":4,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3929\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3934,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3929\/revisions\/3934"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3931"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3929"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3929"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/uztrend.uz\/wordpress\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3929"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}